Premer-liga yangi mavsumning 1-tur juftliklari ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
18 iyun 2024
APL yangi mavsum birinchi turida qanday juftliklar qarama-qarshiligini ko'rishimiz ma'lum bo'ldi.

Dastlabki turni juma oqshomida "Manchester Yunayted" va "Fulxem" ishtirokidagi o'yin ochib beradi. 

Shanba kuni "Arsenal" - "Vulverxempton", "Liverpul" esa "Ipsvich"ga qarshi maydonga tushadi.

Enco Mareska va "Chelsi" chempionatni "Stemford Bridj"da "Manchester Siti"ga qarshi boshlasa, premer-ligaga qaytgan "Lester" o'z uyida "Tottenxem"ni qabul qiladi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia