Predrag Miyatovich "Real"ning muammosi haqida aytib o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 okt 2024, 14:50
"Real"ning mashhur sobiq futbolchilaridan biri Predrag Miyatovich jamoaning Chempionlar Ligasidagi "Lill" bilan o'yindan (0:1) keyin tassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"To'g'risini aytsam, "Real"ning yarim himoyadagi o'yini meni umuman qoniqtirmadi. O'ylashimcha, "Lill" bilan o'yindagi muammo aynan yarim himoya chizig'ida edi. Bu yigitlar jismonan yaxshi holatda, ammo yaratuvchanlik borasida kamchiliklar bor. Menga u yerda Modrich yetishmadi, Kroos esa ortiq klubda emas. Nazarimda, Tchuameni, Kamavinga va Valverde – juda ko'p muskullar va to'p bilan biroz qo'polroq muomala. Menimcha, yarim himoyaning bunday varianti "Real"ga to'g'ri kelmaydi", - dedi Miyatovich "Cadena SER" efirida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Cadena Ser