Portugaliya va Urugvay bahsida maydonga yugurib tushgan muxlis kimligi ma'lum. Bu u bilan bog'liq birinchi holat emas

Eldor Akmurzayev
29 noya 2022
JCH-2022 guruh bosqich 2-turi doirasida o'tgan Portugaliya – Urugvay bahsida maydonga muxlis yugurib tushdi.

U qo'lida “kamalak” rangli bayroq ushlab olgandi va Ukrainani qo'llab-quvvatlovchi hamda Eronda ayollarga erkinlik berish so'ralgan yozuvdagi libosda edi. Tartib xodimlari tezda uni qo'lga olishdi. Aniqlanishicha, u italiyalik Mario Ferri bo'lgan. Ferri bundan avval, JCH-2010 yarim finali: Germaniya – Ispaniya, YCHL 2011 yilgi finali: “Barselona” – MYU, shuningdek, JCH-2014 1/8 finali: Belgiya – AQSH kabi uchrashuvlarda ham maydonga yugurib tushgandi.

Hozircha unga qanday jazo tayinlangani noma'lum.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia