Portugaliya termasining Ispaniya, Fransiya va Shvetsiyaga qarshi o'yinlariga kimlar chaqirildi?

2 okt 2020, 00:19
Portugaliya terma jamoasining Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik (7 oktyabr), Millatlar Ligasi doirasida Fransiya (11 oktyabr) va Shvetsiyaga (14 oktyabr) qarshi rasmiy o'yinlar uchun qaydnomasi e'lon qilindi.

Fernandu Santush milliy jamoaga quyidagi o'yinchilarini chaqirgan:

Darvozabonlar: Antoni Lopesh (Lion), Ruy Patrisiu (Vulverxempton), Ruy Tiagu Silva (Granada).

Himoyachilar: Joau Kanselu (Manchester Siti), Nelson Semedu (Vulverxempton), Joze Fonte (Lill), Pepe (Portu), Ruben Diash (Manchester Siti), Ruben Semedu (Olimpiakos), Mariu Ruy (Napoli).

Yarim himoyachilar: Rafael Gerreyru (Borussiya Dortmund), Danilu Pereyra (Portu), Ruben Nevesh (Vulverxempton), Vilyam Karvalyu (Betis), Brunu Fernandesh (Manchester Yunayted), Renatu Sanshesh (Lill), Joau Moutinyu (Vulverxempton), Serjiu Oliveyra (Portu), Daniel Podense (Vulverxempton), Rafa Silva (Benfika), Bernardu Silva (Manchester Siti), Diogu Jota (Liverpul), Fransishku Trinkau (Barselona), Joau Feliks (Atletiko).

Hujumchilar: Andre Silva (Ayntraxt), Krishtianu Ronaldu (Yuventus).


Manba: selecaoportugal