Portugaliya prezidenti milliy jamoa futbolchilarini "xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlaydi
Aslanov Jasurbek
11 iyul 2016
Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souzaning ma'lum qilishicha, u Evro-2016da g'alaba qozongan milliy jamoa futbolchilarini "xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlaydi.
"Yigitlar g'alaba qozonmaganida ham taqdirlanishar edi. Fransiyaliklar bilan bahsda sovrin darajasi aniqlandi. Butun mamlakat ularni qahramonlarcha kutib oladi. Bu ajoyib voqea" - deydi Portugaliya prezidenti.