Portugaliya futboli afsonasi 53 yoshida yurak xurujidan vafot etdi

Khoja
6 avg 2025
"Portu" va Portugaliya terma jamoasi afsonasi Jorje Koshta vafot etdi.

Shifokorlarning ma'lum qilishicha, sobiq himoyachi yurak xurujidan vafot etgan.

Koshta "Portu" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa safida 1992-2005 yillar oralig'ida faoliyat olib borgan. "Portu" bilan 8 marta Portugaliya chempionatida g'alaba qozongan. Shuningdek, u Yevropa ligasi va ECHL bosh sovriniga ham ega chiqqan. Portugaliya terma jamoasi safida esa 53 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 


KhojaMuallif
Manba: championat.com