

Bu jamoa guruhdagi barcha uchta o'yinni ham durang bilan yakunladi. Shunday qilib Portugaliya Yevropa chempionatlari tarixida guruhda umuman g'alaba qozona olmay pley-offga chiqqan dastlabki jamoaga aylandi.
Opta Sports nashri xabariga ko'ra, Portugaliya uchta o'yinda umumiy 19 daqiqa davomida hisobda oldinda borgan.



