

“Dragau” stadionida kechgan bellashuvda muxlislar beshta golga guvoh bo'lishdi. Bellashuv 3:2 hisobida “Portu”ning g'alabasi bilan yakun topdi. Bellashuvning 68-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Pepe jarohat olib maydonni tark etdi.
Ushbu mag'lubiyatga qaramay “Benfika” chempionat turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. “Portu” peshqadamdan to'rt ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etgan.



