“Portu” xodimi Ronalduni “cho'chqa” deb atadi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2021
YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Yuventus” – “Portu” bahsidan keyin mehmon jamoaning muxlislar bilan ishlashdagi mas'ul xodimi hamda “Dragau” stadioni suxandoni Krishtianu Ronalduni haqoratladi.

“Italiyalik o'g'rilardan qasos oldik, cho'chqa Ronalduning “Dragau”da qilgan ishi uchun qasos oldik. Qanday g'urur bu “Portu”! Murariyada karnaval!

Dolores va uning kar-kar oilasidan javob kutaman”, deb yozgan storisiga Saul.

Murariya – Lissabondagi tumanlardan biri, Ronaldu esa “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Dolores – Krishtianuning onasi.

Bu Saul bilan bog'liq birinchi mojaroli holat emas. U 2017 yilda “Benfika”ga qarshi o'yindan so'ng hakamlarga: “Bizni tunashlaridan charchadik!” deb baqirgani uchun 30 kunga diskvalifikaciya qilingandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Record