"Portu" vingeri Luis Diasga "Chelsi", "Bavariya", "Real" va "Nyukasl" qiziqmoqda. Tovon puli - 80 mln evro

Alisher
23 okt 2021
"Portu" hujumchisi Luis Dias Marulanda Yevropa top-klublari e'tiborini tortmoqda.

24 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Nyukasl", "Chelsi", "Bavariya" va "Real" qiziqmoqda.

Ushbu klublar allaqachon o'yinchi borasida ma'lumot so'rashdi. Uning "Portu" bilan shartnomasida tovon puli 80 mln evro etib ko'rsatilgan. Xavbekning agenti - Pini Zaxavi.

Luis Dias joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira