"Portu" mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha mamlakat chempionatining rekordini yangiladi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2022
"Portu" Portugaliya chempionatining navbatdagi bahsida "Vitoriya Gimaraesh"ni mag'lub etdi (1:0).

"Ajdarlar" turnirdagi mag'lubiyatsiz seriyasini 57 ta o'yinga etkazdi va liga rekordini yangiladi.

29-turdan keyin "Portu" turnir jadvalida "Sporting"ni 6 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Turnir jadvali


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Squawka