Polsha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2021, 21:25
Portugaliyalik mutaxassis Paulu Souza Polsha termasini boshqaradi.

U 19 yanvar kuni iste'foga chiqarilgan Eji Brjechekning o'rnini egalladi.

Souza “Bordo”, “Fiorentina”, “Bazel”, “Makkabi” (Tel-Aviv), “Lester” va boshqa klublar ustozi sifatida faoliyat olib borgan. 50 yoshli mutaxassis 2020 yil avgustidan beri ishsiz edi.

Polsha TJni 25 mart kuni JCH-2022 saralashi doirasidagi Vengriyaga qarshi bahs kutmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LaczyNasPilka