Policiya tomonidan qo'lga olingan "Surxon" futbolchisi O'zbekistonga qaytadi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023
Termizning "Surxon" klubi futbolchisi Shamil Gasanov policiya bo'limidan ozod etildi.

U tez orada O'zbekistonga qaytadi.

7 iyun kuni ommaviy axborot vositalarida 29 yoshli himoyachi Moskvada huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo'lga olingani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. U ko'chani noto'g'ri joyda kesib o'tgandan keyin to'xtatilgan, shundan so'ng cho'ntagidan giyohvand moddalar topilgan.

Gasanov yanvar oyida Maxachqalaning "Dinamo" klubidan "Surxon"ga o'tgandi. Avvalroq u "Anji", "Enisey", "Chayka", "Baltika" va Norvegiyaning "Tromso" klublarida o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс