Policiya Fredni irqiy kamsitgan muxlisni topdi

Mirjalol Normatov
8 dek 2019
"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" (1:2) uchrashuvida Fredga qarata irqiy kamsituvchi belgilarni ko'rsatgan muxlisni policiya hibsga oldi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Fred burchak to'pini amalga oshirishga borganida o'sha tomondagi "Siti"ning muxlislari futbolchi tomon buyumlar otgandi. Shuningdek, muxlisning qo'li orqali ko'rsatgan belgilari televidenieda yaqqol ko'rindi. Bugun esa o'sha muxlis policiya tomonida hibsga olindi.

"Manchester Siti" rahbariyati ushbu muxlisni bir umrga stadionga kirgizmaslikka vada bergandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express