Pol Skoulz: "Yulduz futbolchilar tufayli muammoga duch kelayotgan MYU murabbiylariga hamdardman"

Sherzod Nurmatov
24 okt 2022
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Ronaldu tufayli jamoada ortiqcha muammolar paydo bo'ladi deb o'ylamayman. Krishtianu – o'z ishining ustasi. Agar uzr so'rasa, yana tarkibga qaytadi. 

Yulduzli futbolchilar tufayli muammoga duch kelayotgan "Manchester Yunayted" murabbiylariga hamdardman. Undan oldin Pogba bor edi, hozir Ronaldu", – dedi Skoulz.

Mendesh Ronalduning "Roma" yoki MLSga yo'l olishini yaxshi variant deb hisoblaydi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport