Pol Skoulz: Pogba har mavsum 50tadan gol urmaydi, shu bois 86 million funt turmaydi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2016
Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Yuventus vakili Pol Pogba haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Pogba - juda qobiliyatli yosh futbolchi, u bilan birga o'ynaganman. U MYU asosiy tarkibida bir necha marta maydonga tushgandi, juda katta maosh so'ragani uchun klubdan ketganini eslayman.

O'shandan keyin juda ko'p mehnat qildi, ammo hozir ham 86 million funt turmaydi.

Buncha pul evaziga sotib olayotgan futbolchi har mavsumda 50tadan gol urishi kerak, xuddi Messi va Ronaldu kabi, - deydi Skoulz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com