Pogbaning MYUdan ketish imkoniyatlari oshib ketdi

Aslanov Jasurbek
6 may 2019
Angliya chempionatining 37-turida "Manchester Yunayted" "Xaddersfild" bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Mankunianlar kuchli to'rtlikka kirish va kelasi mavsum Chempionlar ligasida o'ynash imkoniyatidan ayrilishdi. Bu voqea jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning "Real"ga o'tishiga yordam berishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYUning Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi tufayli jamoa yulduzlarining maoshi 25%ga kamayadi. Shunday qilib, fransiyalik xavbekning "Real"ga o'tish imkoniyati oshib ketdi.

Oldinroq, "Qirollik klubi" xavbek uchun 145 mln. evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi. Joriy mavsum 26 yoshli Pogba APLning 34ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca