Pogbaga Angliya, Saudiya Arabistoni va MLS klublari qiziqish bildiryapti

Aslanov Jasurbek
11 noya 2024, 21:50
Pol Pogba faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga futboldan chetlatilgan edi, CAS ga murojaatdan so'ng Pogbaning diskvalifikaciyasi 18 oygacha qisqartirildi. Oldinroq "Yuventus" va Pogba shartnomani bekor qilishga yaqinligi e'lon qilingan edi. Keyinroq futbolchi jamoani tark etmasligi haqida xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bitimni bekor qilish bo'yicha muzokaralar haqiqatdan ham amalga oshmoqda. Fransiyalik futbolchiga Angliya, Yevropaning boshqa davlatlari, Saudiya Arabistoni va MLS klublari qiziqish bildirmoqda.

Pogba 2025 yilning martida maydonga qaytishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports