Pogba Saudiya Arabistoni klublari taklifini rad etdi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2023
"Yuventus" futbolchisi Pol Pogba Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish niyatida emas.

Ma'lum bo'lishicha, Saudiya klublari fransiyalik futbolchi uchun taklif bilan chiqishgan. Biroq, yarim himoyachi bunga rad javobini bergan. 

"Yuventus" esa katta ehtimol bilan Pogbaga maoshlarini pasaytirgan holda yangi shartnoma taklif etadi. 

Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com