Pogba: "Fergyuson - buyuk murabbiy, uni juda hurmat qilaman"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2016, 16:36
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba mankunianlar sobiq ustozi ser Aleks Fergyusonni hurmat qilishini aytdi.

"Fergyusonni juda hurmat qilaman. U buyuk futbol mutaxassisi. Fergyuson bilan hech qachon muammo bo'lmagan. Men ko'proq maydonga tushishni istagan edim, u esa bu uchun biroz erta deb hisoblagan. Kutishga tayyor emasdim. Shu sabab yo'llarimiz ayrildi. U bilan ishlash tajribasi menga ko'p narsa berdi. Biz yana uchrashamiz deb umid qilaman" - deydi Pogba.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports