

"FOX Sports Asia" xabariga ko'ra, "Vissel Kobe" forvardi Lukas Podolski faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettirishi mumkin. 34 yoshli futbolchi "Joxor Darul Tazim" bilan muzokaralarni boshladi. Tez orada yangi bitim haqida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Podolskining "Vissel Kobe" bilan amaldagi shartnomasi fevral oyida yakunlanadi.
Avvalroq Podolski Germaniyaga qaytishni xohlayotgani haqida xabar bergandik.



