Pochettinoning assistenti: "Biz albatta "Tottenxem"ga qaytamiz"

Alisher
12 mar 2021
Maurisio Pochettinoning yordamchilaridan biri Xesus Peres "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi haqida gapirdi.

"Levi har kuni Pochettinoning ofisiga kelar va bizning munozaralarimizga qo'shilar edi. Biz doim birga nonunshta va tushlik qilganmiz. Biz, murabbiylar shtabi, hech qachon Maurisio yoki Daniel stolga kelmaguniga qadar ovqatlanmasdan turardik. Biz doim buni hurmat qilganmiz.

Pochettino va Levi hali ham bir-birlariga xat yozib turishadi, ularda juda yaxshi munosabatlar bor. Bizda Danielga nisbatan yomon hislar yo'q. Bizning kyetishimiz professional qaror bo'lgandi.

Qandaydir lahzada bizning Levi bilan yo'limiz kesishmadi, ammo biz albatta "Tottenxem"ga qaytamiz", - deydi Peres.


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard