Pochettino: “PSJ g'alabaga loyiq emasdi, ammo …”

Eldor Akmurzayev
6 mar 2022, 07:50
Liga 1 doirasida o'tgan “Nicca”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin PSJ (0:1) ustozi Maurisio Pochettino o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ustunlik qildik, lekin ko'p vaziyatlar yarata olmadik. Ularni chuqur himoyalanishga majbur qildik va ular yakunda gol urishdi. Bu futbol.

G'alabaga loyiq emasdik, ammo mag'lubiyatga ham loyiq bo'lmadik. Darvozadan 20 metr uzoqlik hujumlarni davom ettirolmadik, barcha muammo ham shunda.

Endi Madriddagi keyingi uchrashuv haqida o'ylashimiz lozim. Mag'lubiyatdan hafsalamiz pir bo'ldi, ammo Fransiya chempionati va Chempionlar Ligasi bu ikki xil musobaqa hisoblanadi”, deydi mutaxassis.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: GFFN