Pochettino Liga 1'ga qaytishni istamayapti

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022
Seshanba kuni "Nicca" Maurisio Pochettinoni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlamoqchi bo'layotgani ma'lum qilingan edi.

Biroq argentinalik mutaxassis Fransiya chempionatida ishlashni xohlamasligini bildirgan. "Tottenxem" sobiq ustozi iyul oyida PSJdan iste'foga chiqarilgandan so'ng ishsiz yurgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Nicca" FIFA kunlari paytida yangi murabbiy olib kelishga bor e'tiborini qaratmoqchi ekani aytilgandi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Daily Telegraph