Pochettino: "Agar CHL finaliga chiqsak Keyn maydonga tushishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 12:47
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa futbolchilari Garri Keyn va Dele Alli jarohatlari haqida gapirdi.

"Keyn xafa. Har kuni uning holatiga baho berib, u qachon shug'ullana olishini tekshirib borishimiz kerak. Hozir u qachon qaytishini aytishning iloji yo'q.

U "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda shunday jarohat olgan edi. O'sha paytda davolanishga 5 hafta ketgan. Agar Chempionlar ligasi finaliga chiqsak, Keyn maydonga tushishi mumkin.

Alli qo'lini sindirdi, u maydonga tusha olishi yoki yo'qligi haqida tez orada bilib olishimiz kerak. U "Xaddersfild"ga qarshi o'ynamasa kerak" - deydi Pochettino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports