Plyaj futboli bo'yicha o'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov 18 sentyabr kuni Taiti mamlakatida start olgan JCH-2013 final bosqichi o'yinlarini boshqarish uchun FIFAdan rasmiy taklif olgan edi. Takidlash joiz, Namozov plyaj futboli musobaqalarida o'zbekistonlik yagona FIFA referisi hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Namozov shu yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tgan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati bahslarida ham ishlagan edi.
Takidlash joiz, o'zbekistonlik FIFA referisi Taitida start olgan jahon chempionati bahslarining 1-turidan o'rin olgan Paragvay - Kot d‘ Ivuar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlashga ulgurdi. Ushbu uchrashuvda Paragvay terma jamoasi 10:6 hisobida g'alaba qozongan.
Ma'lumot o'rnida, plyaj futboli bo'yicha JCH-2013 final bosqichi o'yinlarida barcha qitalardan tashrif buyurgan 16 ta terma jamoa ishtirok etadi.