

Mazkur bahsda hisob "Borussiya M" futbolchisi Plea tomonidan ochildi. Fransiyalik hujumchi o'yinning 36-soniyasida "Ayntraxt" darvozasini ishg'ol qildi.
Bu gol Myonxengladbaxliklar tarixida kiritilgan eng tezkor gollar ro'yxatida 2-o'ringa joylashdi. Ma'lumot uchun, klub tarixidagi eng tezkor gol Oskar Vendtga tegishli. U 2015 yilda "Borussiya D" darvozasini 29-soniyada ishg'ol qilgan edi.

Germaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.



