Platini: "Men qaytaman va bor haqiqatni oshkor qilaman"

Eldor Akmurzayev
7 sen 2019
UEFAning sobiq rahbari Mishel Platini futbolga qaytishni istayotganini aytdi.

Men qaytaman. Qaysi mansab ostidaligini bilmadim, lekin qaytaman. Ahmoqona diskvalifikaciya tufayli o'zimni to'xtata olmayman. Hech qachon ishdan chetlashtirilganim haqida o'ylamadim, chunki, fitna qurboniga aylandim. Bunga ko'plab odamlar, jumladan, FIFA va Shveytsariya prokuraturasi ham aralashgan. Biroq, men buni shveytsariyalik mansabdorlar qilgan deb aytmoqchi emasman. Bularning barchasi haqida kitob yozaman va unda bor haqiqatni keltirib o'taman, – deydi Platini.

Fransiyaning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi UEFAdagi rahbarligi davrida korrupsiya mojarolariga aralashgan deb topilib, 4 yilga futbol bilan bog'liq barcha sohalardan chetlashtirilgandi. Uning jazo muddati esa kelasi oyning 7 oktyabrida o'z yakuniga etadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RTS