Piter Xyuistra: "Ertaga bizni juda muhim bahs kutmoqda"

Eldor Akmurzayev
25 apr 2021
"Traktorsozi" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Piter Xyuistra va himoyachi Sherzod A'zamov qatnashdi.

Xyuistra: 

- Ertaga bizni ahamiyati juda yuqori o'yin kutmoqda. Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat qolgan. G'alaba qozonish orqali kurashda qolishimiz mumkin. Buni uddalashga harakat qilamiz. "Traktor" bilan birinchi o'yinimiz esda qolarli kechgandi. 3:3 natijasi bizga ijobiy va salbiy taassurotlarni bergandi. Ertaga boshqacha o'yin bo'lishi mumkin, har bir bahsning o'z tarixi bor. Biz yaxshiroq o'ynagan holda zafar quchishga intilamiz.

A'zamov: 

- Bizni "Traktor" bilan muhim bellashuv kutmoqda. Hali keyingi bosqichiga chiqishga kichik imkoniyatimiz bor va undan foydalanishga urinamiz. Raqib turnir jadvalida bizdan yuqori bormoqda. Ertangi bahsda qaysi jamoa jismonan yaxshiroq tayyor bo'lsa, o'sha tomon g'alaba qozonadi deb o'ylayman.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати