Pishurning o'g'li "Jirona"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026, 16:36
Vengriyaning "Dor" jamoasi hujumchisi Oleksandr Pishur faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romano ma'lumotlariga qaraganda, "Jirona" 20 yoshli ukrainalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Vengriya jamoasi hujumchini sotish orqali 1 mln evro daromad qiladi.

Oleksandr Pishur 2025 yilning fevral oyida 150 ming evro evaziga "Dirmot"dan "Dor" jamoasiga o'tgandi. 

Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Pishurning bozordagi narxini 250 ming evro deb baholamoqda.

Kichik Pishur o'tgan yili U-20 Jahon chempionatida ham qatnashgan va 1 ta gol urgandi. Ukraina yoshlari mundialda guruhdan chiqqan va pley-offda Ispaniyadan engilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, u 2013-14 yillarda "Bunyodkor", 2016 yil "Navbahor", 2017 yil esa "Sho'rtan"da to'p tepgan hujumchi Oleksandr Pishurning o'g'li sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano