Pirs Morgan MYU haqida: "Haliyam Ronalduning klub va ten Xag haqidagi gaplariga shubha qilyapsizmi?"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2023
Mashhur jurnalist Pirs Morgan muxlislarga Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag haqida aytgan gaplarini eslatdi.

Mankunianlar APLning 5-turida "Brayton"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ular 5ta bahsning 3tasida mag'lub bo'lishdi.

"Bechora "Yunayted" o'z uyida "Brayton" tomonidan er tishlatildi - haliyam Ronalduning klub holati va ten Xag haqidagi so'zlariga shubha qilyapsizmi?

Ronaldu ketganidan so'ng jamoaning holati yomonlashdi" - deb yozdi jurnalist.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/piersmorgan