Pirs Morgan: "Bazida haqiqat achchiq bo'ladi"

Omonjon To`xtamirzayev
14 noya 2022
Pirs Morgan nega Krishtianu Ronaldu intervyuda bunday keskin fikr bildirgani haqida gapirib o'tdi.

 Eslatib o'tamiz, hujumchi "Manchester Yunayted" uni klubdan kyetishga majbur qilishga urinishgani, bosh murabbiy Erik ten Xagni umuman hurmat qilmasligini aytib o'tgandi. Portugaliyalik futbolchi shuningdek, klub o'smayotganini ham qo'shimcha qilgan. 

"Shunchaki, Krishtianu mendan buni tashkillashtirishni so'radi  – shunday oddiy. Men undan emas, u mendan buni so'radi.

Buning barchasiga ko'p bo'lmadi. Krish ma'lum vaqt bu haqida o'ylab ko'rdi. Oxirgi bir yil davomidagi "Yunayted"da yuz bergan ishlar, vaziyat bunga turtki bo'ldi.

U barchasini ochiq gaplashish vaqti kelganini sezdi. So'zlari shov-shuvga, muhokamaga va tanqidlarga ham sabab bo'lishini bilgan, biroq u shu bilan birga. Bazida haqiqat achchiq bo'ladi", – dedi boshlovchi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru