Pioli: "Skudetto va YCHL g'olibligi uchun kurashamiz"

Mirjalol Normatov
27 avg 2023
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoasining skudetto va YCHL g'olibligi uchun kurasha olishiga kuchi yetishini aytdi.

"Albatta, bu bizning maqsadimiz.

Ilk o'yindanoq jamoada o'sish kuzatilayotgani ko'rinmoqda. Yaxshi start bo'ldi, lekin hali bir-birimizni tushunishimiz, birdamroq jamoa bo'lishimiz kerak.

Biz o'zimizga kerakli futbolchilarning xarakteristikalariga o'rgandik, ular doimo hujumga o'ch, faol holatda. Endi biz barqarorlik ko'rsatishimiz kerak, buning uchun murabbiyda har xillik bo'lishi lozim.

Bu guruh futbolchilari bilan ishlash menga yoqadi. Ular jamoa uchun barchasini qurbon qilishga tayyor, aynan shu asnoda biz jamoa qurishni istaymiz.

O'tgan mavsum bir qancha qiyinchiliklar sababli titulni himoya qila olmadik. Endi esa yana shunga mos jamoa tashkil qilinyapti. Bu orqali biz yanada yakdil bo'lib, barcha sovrinlar uchun kurasha olishimiz imkoniyati oshmoqda", - dedi Pioli.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal