Pinyaev – Rossiya TJda gol urgan eng yosh futbolchi

Eldor Akmurzayev
27 mar 2023
Xalqaro o'rtoqlik o'yini doirasida Rossiya o'z maydonida Iroqni qabul qilib, 2:0 hisobida zafa quchdi.

Mezbonlar safida raqib darvozasini ishg'ol etgan xavbek Sergey Pinyaev Rossiya TJda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi – 18 yosh-u, 4 oy va 28 kunlik. Avvalgi rekord esa 2002 yil Yugoslvaiyaga qarshi bahsda Dmitriy Sichev tomonidan qayd etilgandi – 18 yosh-u, 6 oy va 23 kunlik.

Eslatib o'tamiz, Pinyaev “Lokomotiv M” sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum RPLda 3 bahsda bitta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Match TV