

"Ilk marotaba Madridda uchrashganmiz, o'shanda Shakiraning JCH-2010 uchun atalgan Waka Waka klipining suratga olish ishlari ketayotgan edi. Men uning raqamini so'radim. U Ispaniya terma jamoasidan oldin JARga yetib keldi, chunki turnir ochilish marosimida ishtirok etishi kerak edi. Men unga xabar jo'natdim, unda ob-havo qandayligini so'raganman, chunki biz u erga bir necha kundan so'ng uchib kyetishimiz kerak edi. Oddiy ahmoqona savol va odatda bunga oddiy javob qaytarishadi. Ammo u menga juda uzun javob qaytardi. U yerda kun davomida temperatura qanday o'zgarishini yozdi. Men bu noodatiy holat ekanligini payqadim. Biz turnir davomida yozishib turdik, ammo u bilan faqat musobaqa oxirida uchrashdim. Shakiraga yangi uchrashuv uchun finalga borish kerak bo'lsa, buni bajarishimni aytdim. Jahon chempionati finalidan so'ng ikkinchi marotaba uchrashdik" - deydi Pike.



