Pike faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi

Alisher
21 noya 2019
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike xozirgi jamoasida faoliyatini yakunlashini aytdi.

"Men "Barselona" libosida faoliyatimni yakunlashni xohlayman. Faoliyatimni 2020 yilga qadar davom ettirmoqchiman, agar maydonga tushmaydigan bo'lsak bu ertaroq sodir bo'ladi", - deydi 32 yoshli Pike.

Pike "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Barselona"ning bosh jamoasida 2008 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Xerard joriy mavsum La Ligada 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo