Pike "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Alisher
9 avg 2022
"Barselona" himoyachi Xerard Pike bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Tomonlar o'rtasidagi yangi shartnoma 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yangi bitimga ko'ra, Xerardning maoshi sezilarli darajada tushadi.

Qayd etish kerakki, 35 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun shartlarga ko'nishga tayyor.

Pike 2008 yilning yozidan beri Kataloniya grandida o'ynaydi. Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: El Partidazo de COPE