Pichoqlangan "Arsenal" futbolchisi: "Menga omad kulib boqdi, chunki ko'z o'ngimda odam o'ldi"

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 17:28
"Arsenal"ning ispaniyalik himoyachisi, joriy mavsumda "Monca"da ijarada o'ynayotgan Pablo Mari Milandagi savdo markazida olgan pichoq jarohati haqida gapirdi.

"Men arava va bola bilan birga edim, bir payt belimda qattiq og'riqni his qildim. Shundan so'ng erkak boshqa erkakka hujum qilib, uning tomog'iga pichoq urdi. Menga juda omad kulib boqdi, chunki ko'z o'ngimda yana bir odam o'lganini ko'rdim", – dedi futbolchi.

Pablo Italiya chempionatining joriy mavsumida 8 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi hamda 2 ta sariq kartochka oldi.

Italiyadagi savdo markazida "Arsenal" futbolchisi pichoqlandi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport