

O'zbekiston Kubogining yarim final dastlabki uchrashuvlari esa 29-30 iyul kunlari bo'lib o'tishi ma'lum qilingandi.
Bugun PFL rasmiy saytida, 1/4 final o'yinlari qachon bo'lib o'tishi ma'lum qilindi. Unga ko'ra, dastlabki uchrashuvlarning sanasi o'zgarmagan, 5 iyul. Ammo javob o'yinlari 28/29 iyul kunlariga ko'chirilgan. Bu sanada rejaga muvofiq 1/2 final o'yinlari bo'lib o'tishi lozim edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogining final o'yini 27 noyabrga belgilangan.
Oliy liga va O'zbekiston Kubogi taqvimi bilan quyida tanishing.



