PFL fotomuxbirlar va operatorlar uchun maxsus nimcha taqdim etdi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2016
O'zbekiston Professional futbol ligasi xodimlari matbuot vakillari uchun yangilik taqdim etishdi.

Xabaringiz bor, OCHL o'yinlari vaqtida fotomuxbirlar va televizion xodimlar turli rangdagi jiletkalardan foydalanishadi. Bir necha yil oldin PFL ham shu ishga qo'l urgandi. Bu yil bu narsa yana yo'lga qo'yildi. Endi oliy liga va kubok bahslari vaqtida fotomuxbirlar va operatorlar maxsus rangdagi nimchlardan foydalanishadi. PFL bu nimchalarni har bir klubga tarqatishi va shu orqali viloyatlardagi stadionlarda ham shunday ish yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia