Peti: "Sharmandalik ortidan sharmandalik. Shu bois kim "Arsenal"ga o'tishni istaydi?"

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 17:27
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "kanonirlar"ning APL 1-turi doirasida "Brentford"dan mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.

"Sekin-sekin "Arsenal"ga bo'lgan qiziqishlarimni yo'qotib boryapman. Sharmandalik ortidan sharmandalik. Ularning g'alabasi-yu mag'lubiyatga hech qanday hissiyotlarim ham qolmadi. "Arsenal"da klub siyosatini ko'rmayapman.

Bu yerda gap pulda emas, harakatda. Kamchiliklar ancha oldin ko'rina boshlagandi. Ayniqsa, himoya dahshat! Biroq klubning faoliyati - masxarabozlik.

Kim bu erga kelishni istaydi? Futbolchilarni bu erga faqatgina pul uchun olib kelish mumkin. Ha, pullar! Katta pullar!

Venger davrida "Arsenal"da sport ruxi, jamoaviy o'yin bor edi. Endi ular klubdan ketgan", - dedi Peti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal