Peter Shmeyxel: "Ronaldu yomon o'yin o'tkazdi. U sariq kartochkani ko'rganda kulib qo'ydi"

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2018
Daniya terma jamoasi sobiq darvozaboni va 1992 yilgi Yevropa chempioni Peter Shmeyxel JCH-2018 doirasidagi Eron - Portugaliya (1:1) uchrashuvi haqida gapirdi.

"Eron Portugaliyadan yaxshi o'ynadi. Forslar jangga "o'qlangan" edi, ular yutishni xohlashdi, ular futbol o'ynashni raqibdan ko'ra ko'proq istashdi. Krishtianu Ronaldu ikkinchi bo'limda umuman ko'rinmadi. U tanaffusgacha o'z imkoniyatlaridan foydalanmadi, hatto penaltidan gol ura olmadi.

Ko'rinishidan, buyuk o'yinchilar bunday vaziyatda xato qilishlari mumkin emas. Lekin, buni Leo Messi qildi, Ronaldu esa takrorladi. Hech kimga sir emas, u "Oltin butsa"ni qo'lga kiritmoqchi. Lekin, endi u Xarri Keyndan ortda qolmoqda.

Ronaldu yomon o'yin o'tkazdi. U o'zini xursand qilgan sariq kartochkani oldi. U sariqni ko'rganda haqiqatda jilmaydi. Portugaliyalik raqibning yuziga tirsagi bilan urgandi. Bu ataylab qilinganmidi yoki yo'q, buni uzoq muhokama qilish mumkin. Lekin, hakam takroriy lavhani ko'rdi va qaror shubhasiz qizil kartochka bo'lishi kerak edi. Ronaldu hakamning qarorini kutguncha juda ham asabiylashdi", - dedi Shmeyxel.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: russian.rt.com