

"Kelajakda Gvardiola "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi meni qo'rqitmoqda. Gvardiolaning o'z rejajalari, uning futbolga bo'lgan o'zgacha qarashi bor. U "Bavariya"ga kelib jamoani o'zgartirdi. Lekin menimcha "Bavariya" unga qadar juda fantantik jamoa edi. Ular Yupp Xaynkes boshchiligida treblni qayd etishgandi. "Bavariya" juda tezkor futbol o'ynardi. Myunxenliklar kimga qarshi o'ynashgan bo'lsa raqiblarini tor-mor keltirishardi. Hozirgi jamoa esa avvalgisi kabi yorqin o'ynamayapti", - deydi Shmeyxel.



