"Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi hakamlari ma'lum

Narzulla Saydullayev
29 sen 2020
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK mazkur bahsga iordaniyalik Adham Muhammad Mahadmehni bosh hakam etib tayinladi. Ma'lumot uchun, Mahadmeh OCHL 5-turidan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" - "Paxtakor" uchrashuvida ham bosh hakam bo'lgandi.

Osiyo chempionlar ligasi, 1/4 final.
"PERSEPOLIS" (Eron) - "PAXTAKOR" (O'zbekiston)
30 sentyabr 2020 yil. Doha. "Jassim bin Hamad" stadioni. 22:45 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam:
Adham Muhammad Mahadmeh (Iordaniya)
Qanot hakamlari: Ahmad Moannes Nadi Alroalle, Muhammad Mustafo Hassan Al Kalaf (ikkisi Iordaniya)
Zaxira hakami: Ali Sabah Adday Al Qaysi (Iroq)
Nazoratchi: Hoqon Anaz (Avstraliya).




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia