"Persepolis" futbolchisi Qatar klubiga o'tdi

Xayrulla Xoliqov
25 okt 2020
Osiyo chempionlar ligasida o'zidan iliq taassurot qoldirgan Shoja Xalilzoda faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

"Persepolis" himoyachisi Xalilzoda Qatarning "Al Rayan" klubi bilan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida ham 3-raqamda to'p tepadigan bo'ldi. Shuni aytish lozim, 31 yoshli himoyachining Qatarga ko'chib o'tishi kutilmaganda yuz berdi. 

Shoja Xalilzoda oxirgi uch yilda "Persepolis" bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi hamda o'z jamoasining ikki bor OCHL finaliga chiqishida munosib hissa qo'shdi. Endilikda "Persepolis" himoya chizig'ida katta muammolar yuzaga kelishi aytilmoqda.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia