Pepe "Trabzonspor" bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2023
Vinger Nikolya Pepe "Trabzonspor" futbolchisiga aylandi.

28 yoshli ivuarlik futbolchi bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi jamoaga erkin agent sifatida qo'shildi.

Pepe "Arsenal"da 2019 yildan beri o'ynab kelayotgandi. 2022/23 yilgi mavsumda futbolchi ijara asosida "Nicca"da o'ynadi. U Fransiya klubi safida 28 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: trabzonspor.org.tr