Pepe 2 yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Eldor Akmurzayev
15 fev 2022
Portugaliya chempionatida “Portu” hamda “Sporting” uchrashuvi (2:2) yakunlanganidan ikkala jamoa o'rtasida janjal yuzaga keldi.

38 yoshli Pepe raqib jamoa sport direktorini urgani haqida bosh hakam Joau Pinero o'z hisobotida keltirdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, bu harakati uchun futbolchi 2 oydan 2 yilgacha diskvalifikaciya qilinadi.

Shu kabi jazo “Sporting” o'yinchisi Bruno Tabataga ham taaluqli. U “Portu” direktorini turtib yuborgan.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv davomida 5 ta qizil va 11 ta sariq kartochka ko'rsatilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Bola