Pentek: "Gattuzo doim ustimizdan kulardi"

Mirjalol Normatov
8 sen 2019
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pentek yarim himoyachi Lukas Paketa bilan muloqotda qiynalishini aytib o'tdi.

"Men ham, Paketa ham italyancha gaplasha olmasdik. Biz iloji boricha italyanchaning oddiy so'zlarini ishlatishga intilardik.

U nimanidir tushuntirmoqchi bo'lsa, yo portugalchani ishlatib yuborardi yoki imo-ishora bilan tushuntirishga intilardi.

Umuman olganda biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Ammo Gattuzo doimo ustimizdan kulardi. U bizni mongoloid deb atardi. Paketa hattoki inglizchani ham bilmasdi", - dedi Pentek.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia