Penaltini nima uchun Ronaldu emas, Brunu tepdi? Rangnik buni tushuntirdi

Mirjalol Normatov
24 apr 2022
Kecha "Manchester Yunayted" APLda "Arsenal"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lib, kelasi mavsum YCHLda qatnashish imkoniyatlarini deyarli yo'qotdi.

Uchrashuvda mankunianliklar foydasiga penalti belgilandi va uni kutilganidek Krishtianu Ronaldu emas, balki, Brunu Fernandesh amalga oshirdi. Ammo portugaliyalik xavbekning zarbasi to'singa tegib, maydonni tark etdi.

Murabbiyga bu borada savol berishdi: "Uchrashuv oldidan bu borada gaplashib oldik. Krishtianu o'ziga ishonmayotganini va penalti tepa olmasligini aytdi. Bu oilasidagi yo'qotishga bog'liqligini bilmayman. Buni uning o'zidan so'rang. Buni futbolchilarning o'zlari kelishib olishdi", - dedi Rangnik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal