Pele: "Oltinchi yulduzni intizorlik bilan kutyapman"

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022
Braziliya terma jamoasi tarkibida uch karra Jahon chempioniga aylangan Pele shu oy Qatarda boshlanadigan bo'lajak turnirdan kutayotgan umidi haqida gapirdi.

"Oxirgi marta Braziliya libosini kiyganimda, gerbimiz tepasida uchta yulduz bor edi. Hozir ularning soni beshta. Men oltinchi yulduzni intizorlik bilan kutyapman. Men bu jamoaga ishonganim uchun shu erdaman, jamoamizga omad tilash uchun keldim", – dedi Pele.

JCH-2022 guruh bosqichida braziliyaliklar Kamerun, Serbiya va Shveytsariya terma jamoalari bilan kurashishlari kerak bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail